Jamoasi ishonchli hisobda g'alaba qozongan tajribali mutaxassis, dubl qayd etgan 17 yoshli xavbek. Proligada 12-turning eng yaxshilari aniqlandi

Sherzod Nurmatov
1 avg 2026, 17:00
30-31 iyul kunlari O'zbekiston Proligasida 12-turdan o'rin olgan 7 ta o'yin bo'lib o'tdi.

Championat.asia sayti turning eng yaxshilarini aniqladi.

Tur murabbiyi - Nematilla Qutiboev (“Aral”)

“Aral” ortda qolgan turda Toshkentda “G'azalkent” mehmoni bo'lib, ishonchli g'alabaga erishdi - 2:0. Uchrashuvda Qutiboevning barcha ishlanmalari ish berdi va “Aral” maydonda katta ustunlik qilgan holda zavar quchdi. Shunday qilib, Championat.asia sayti qoraqalpog'istonliklarning de-fakto bosh murabbiyini tur ustozi deya etirof etdi.

Pro liga eng yaxshi murabbiy kopiya (8).jpg

Tur futbolchisi - Azizbek Abdumo'minov (“Metallurg”)

“Metallurg”ga yangi qo'shilgan O'zbekiston U-17 terma jamoasi a'zosi Azizbek Abdumo'minov “Lochin” bilan bellashuvda (5:0) dublni rasmiylashtirib, jamoasi g'alabasida munosib hissasini qo'shdi. Championat.asia ijodkorlari 17 yoshli hujumkor yarim himoyachini tur futbolchisi deb topdi.

Pro liga eng yaxshi futbolchi kopiya (7).jpg

Tur darvozaboni - Dilshod Yoqubov (“FarDU”)

“FarDU” bu turda “Yaypan” maydoniga safar uyushtirib, minimal hisobda g'alaba qozondi (1:0). Mazkur bahsda 24 yoshli darvozabon bir qator vaziyatlarda o'z mahoratini namoyish etdi va darvozani “quruq” saqladi. Shunday qilib, aynan Dilshod Yoqubov tur darvozaboni nomiga loyiq ko'rildi.

Pro liga eng yaxshi darvozabon kopiya (7).jpg

Tur goli - Asadbek Mustafaqulov (“QMU Jayxun”)

“QMU Jayxun” bu turda “BuxDU”ni 5:1 hisobida tor-mor etdi. Mezbonlarning ikkinchi golini 47-daqiqada Asadbek Mustafaqulov urdi. Himoyachining chap oyoqda olisdan yo'llagan kuchli zarbasidan keyin to'p darvoza to'siniga tegib to'rdan joy oldi. Aynan shu gol turdagi eng chiroylisi sifatida qayd etildi.

Pro liga eng Tur goli kopiya (8).jpg

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia