"Paxtakor"ning safardagi mag'lubiyatsiz seriyasi davom etadimi?

Iskandarov Abdulaziz
1 avg 2026, 16:08
"Sherlar"ning bu yilgi mehmondagi "ovi" juda baroridan kelmoqda.

"Paxtakor" joriy mavsum Superligada safar maqomida 6 ta uchrashuv o'tkazib, hali biror marta ham mag'lubiyat alamlarini totib ko'rgani yo'q. Toshkentliklar ushbu o'yinlarda deyarli maksimal ochko to'plashdi - yagona durang "Surxon"ga qarshi bahsda qayd etildi (1:1).

Ma'lumot uchun: "Paxtakor" Superliga doirasida so'nggi bor safarda mag'lub bo'lganiga ham bir yildan oshdi. Jamoa 2025 yilning 3 may kuni Termizda "Surxon"ga taslim bo'lgan edi. Shundan beri "sherlar" mehmondagi bahslarda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelishmoqda.


Bugun "Andijon" mehmoni bo'ladigan "Paxtakor" o'z ananasini davom ettiradimi?

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia