

- Futbolchilarni, muxlislarni, rahbariyatni g'alaba bilan tabriklayman. Barcha o'yinlarda g'alaba uchun maydonga tushamiz. "G'azalkent"ga qarshi alamli tarzda mag'lub bo'ldik. Bir hafta mobaynida o'sha xatolar ustida ishladik. Bugun yigitlar barcha vazifalarni bajarishdi va g'alabaga erishdik.
- Suhrob Sultonov va Saidumarxon Saidnurulloevlarning zaxirada qolishi sababi nimada?
- Bizda 23 nafar futbolchi bor, rotaciya qildik va boshqalarga ham imkoniyat berdik. Ikkala darvozabonimiz yaxshi holatda. Shu sababli Mohirbekka imkoniyat taqdim qildik. U o'zini oqladi. Boshqa futbolchilar ham o'zlarini ko'rsatishdi. Maqsadimiz bitta - Superligaga chiqish. Rahbariyatga katta rahmat aytaman, murabbiylar shtabiga ishonch bildirishyapti va juda katta yordam berishyapti. Ular oldida yuzimiz yorug' bo'lishi uchun ham o'z ustimizda ishlayapmiz. Har bir o'yinda g'alaba uchun chiqib, ochkolar yig'ish. Maqsadimiz bitta - faqatgina chempionlik. Imkoniyat hali bor. Buni futbolchilar ham tushunib turishibdi va chiroyli gollar urib, chiroyli g'alabaga erishdik.
- Yaqindagina jamoaga kelib qo'shilgan 17 yoshli Azizbek Abdumo'minov haqida nima deysiz? U bugun ikkita gol urdi.
- Uning jamoaga kelganiga ikki haftagina bo'ldi. Yorqin o'yinlari bilan jamoada o'zini ko'rsata oldi. Bugungi o'yinda u asosiy tarkibda tushishga loyiq edi va buni ikkita goli bilan isbotladi. Bu bolaning potenciali juda yuqori. Mana u tajribali futbolchilar bilan o'yin amaliyotini oshiryapti. Tezligi ham bor, u bu ketishda yaxshi futbolchi bo'lib yetishadi.
- Azim Ahmedovning yo'qligi sababi nima?
- Uning jarohati bor va u tiklanish jarayonida. Shuningdek, Mirzohid G'ofurovda ham jiddiy jarohat bor, bu jiddiy yo'qotish. Ular ham o'z jismoniy holatiga qaytib, jamoaga yordam berishadi.



