

- Barcha muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun vaqt ajratib, stadionga kelgani uchun rahmat aytaman. Ikki taym ikki xil o'tdi. Tanaffusgacha o'z o'yinimizni ko'rsata olmadik. Bunga sabab sifatida uy o'yinida anchadan beri o'ynamaganimizni keltirsak bo'ladi. Ob-havoni sabab qilib bo'lmaydi, chunki ikkala jamoa ham bir xil sharoitda o'ynadi. Birinchi bo'limda futbolchilar men kutgandek o'zini ko'rsata olmadi. O'zgarishlar orqali o'yinni hal qildik, zaxiradan tushganlar o'zlarini ko'rsata olishdi. "Respublika FA"ga qarshi o'yinni yaxshi taxlil qilib, bugungi bahsga tayyorlangandik. Raqibning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilgan holda o'ynab, g'alabaga erishdik.
- "BuxDU" haqida fikringiz?
- Yomon emas. So'nggi 4-5 o'yinini ko'rdim, yaxshi o'ynashgandi.
- Uchinchi goldan keyin raqib asabiylashishni boshladi. Bu holatga yigitlar tayyorlanganmidi?
- Proligada yaxshi jamoalar ko'p. Barcha jamoalar ruhan o'zlarini tutib tura olishadi. Buxoro jamoalari ham shunday. Aslida bu kabi holatlar bo'lib turishi kerak, futbolchilar tajriba to'plashadi va o'zlarini qanday tutishlarini bilib olishadi, provakaciyaga uchmaslikka harakat qilishadi. Bu jihatlarni ko'rib chiqqandik va yaxshi natijaga erishdik.



