Italiyalik murabbiy "Tottenxem" taklifini rad etib, MYUni tanladi

Sherzod Nurmatov
12 mar 2026
"Brayton" va "Marsel" sobiq ustozi Roberto De Zerbi "Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi bo'lishga rozi bo'ldi.

"TEAMtalk" ma'lumotlariga ko'ra, 46 yoshli murabbiy Londonning "Tottenxem" jamoasini boshqarish taklifini rad etib, "qizil iblislar" foydasiga tanlov qilgan.

Bu qaror ayni paytda vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajarayotgan Maykl Kerrikka yoqmasligi mumkin. A'lo natijalarga qaramay, klub rahbariyati uning nomzodini doimiy asosda ko'rib chiqmayapti.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk