De Zerbi Risharlison 2026/27 yilgi mavsumda "Tottenxem" safida o'ynamasligini ma'lum qildi

Sherzod Nurmatov
15 sen 2026, 14:10
"Tottenxem" bosh murabbiyi Roberto De Zerbi hujumchi Risharlison 2026/27 yilgi mavsumda jamoada o'ynamasligini aytdi.

Shuningdek, braziliyalik futbolchi "Liverpul"ga qarshi Angliya Liga Kubogi bahsi uchun "shporlar" qaydnomasiga kiritilmadi. Avvalroq hujumchi asosiy jamoa rejalariga kirmasligi ma'lum qilinganidan so'ng "Tottenxem"ning APL uchun topshirgan ro'yxatidan ham joy olmagan edi.

"Risharlisonga to'xtaladigan bo'lsak, siz barini yaxshi bilasiz va na Liga Kubogi, na Premer-liga uchun hech narsa o'zgarmaydi. Vaziyat avvalgidek qolmoqda. Bu masalada o'rtadaman va ortiqcha hech narsa deya olmayman, chunki bu mening vazifam emas. Men faqat natijalarga, tarkibdagi futbolchilarga, hujum va himoyadagi o'yinga javob bera olaman, boshqa narsalarga emas.

Mavsum boshida u bilan gaplashdim va shartnomani uzaytirishni taklif qildim. Agar u: "Yo'q, rahmat", degan bo'lsa, demak, shu bilan mening ishim yakunlangan. Men so'nggi 45 kun ichida nimalar yuz berganini bilaman, ammo bu haqda gapirish noto'g'ri bo'lardi. Muammo futbolchi va klub o'rtasida yuzaga kelgan", – dedi De Zerbi.

Murabbiy, shuningdek, Risharlisonni jamoada qolishga bir necha bor ko'ndirishga uringanini, ammo futbolchi bu taklifni rad etganini qo'shimcha qildi.

Risharlison 2026/27 yilgi mavsum APL 1-turi doirasida "Brentford"ga qarshi uchrashuvda "Tottenxem" asosiy tarkibida maydonga tushgandi. Keyinchalik hujumchiga klubni tark etishga ruxsat berildi, ammo uning "Everton"ga o'tishi amalga oshmay qoldi, "Trabzonspor" tomonidan bildirilgan qiziqish esa transfergacha yetib bormadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN