Kelajak uchun reja: "Liverpul" 20 yoshli braziliyalikni sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
15 sen 2026, 12:50
"Liverpul" 2027 yilning yozida "Bornmut" hujumchisi Rayanni safiga qo'shib olishdan manfaatdor.

Bu haqda “Football Insider” xabar berdi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, 20 yoshli braziliyalik futbolchining shartnomasida tovon puli miqdori ko'rsatilgan bo'lib, u taxminan 153 million evroni tashkil etadi. Bu band 2027 yildan kuchga kiradi.

Futbolchi o'tgan yozda "Vitaliti Stedium"ga kelganidan buyon Premer-liganing bir qator klublari e'tiborini tortdi.

Hujumchi 2025/26 yilgi mavsum 15 ta o'yinda 5 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi. Uning “Bornmut” bilan tuzgan shartnomasi 2031 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.

Transfermarkt Braziliya terma jamoasi futbolchisining transfer qiymatini 60 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider