Virc uchun Myunxen eshiklari qayta ochilmoqda

Sherzod Nurmatov
15 sen 2026, 12:25
"Bavariya" "Liverpul" yarim himoyachisi Florian Virc bilan bog'liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, "Bavariya" 23 yoshli germaniyalik futbolchini transfer qilish ishtiyoqini saqlab turibdi. Virc 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra tanqidlar ostida qolgan futbolchilardan biriga aylandi, chunki uning o'yini o'tish davridagi kutilmalardan ancha yiroq bo'lib chiqdi. U Angliya chempionatining 33 ta o'yinida 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Agar Virc 2026/27 yilgi mavsum yakuniga ko'ra o'zidan kutilgan darajadagi sermahsullikni ko'rsata olmasa, "Liverpul" futbolchining transferi bo'yicha variantlarni ko'rib chiqadi.

Virc 2025 yilning iyul oyidan beri "Liverpul" sharafini himoya qilib kelmoqda, uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.

Transfermarkt o'yinchining transfer narxini 100 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk