

Saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarov toshkentliklarning sobiq bosh murabbiyi, chernogoriyalik mutaxassis Miodrag Radulovich bilan "sherlar"ning mazkur bellashuvdagi ishtiroki haqida fikr almashdi.
"Kecha "Paxtakor" juda kuchli raqibga qarshi uchrashuvda yuqori tartib-intizom, maydondagi mustahkam tashkilotchilik, sabr-toqat hamda yuqori taktik o'yin namoyish etdi. Jamoa juda tartibli va jipslashib harakat qildi, hujumga o'tish fazalarida esa tahdid sola oldi.
To'g'ri, "Al Ahli" tashabbusga, to'p nazoratiga va ko'proq imkoniyatlarga ega bo'ldi, ammo ularning hujumlarida ijodkorlik hamda aniqlik yetishmadi.
Elit OCHLdagi bunday start - juda yaxshi natija. Bu, shubhasiz, jamoaga keyingi bahslar oldidan qo'shimcha ishonch va kuch bag'ishlaydi. Hatto biroz omad kulib boqqanida, "Paxtakor" g'alabani ham qo'lga kiritishi mumkin edi, chunki mezbonlar muvozanatni faqat hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalardagina tiklashdi.
Men "Paxtakor" o'yinlarini doimo kuzatib boraman, chunki bu klub va uning muxlislari bilan bog'liq eng go'zal xotiralarim bor. Jamoani ushbu muhim ochko va munosib o'yin bilan tabriklayman, musobaqaning qolgan qismida ularga omad yor bo'lishini tilayman".



