Chempionlar Ligasining 2028 va 2029 yilgi finallari qayerda o'tishi ma'lum bo'ldi

Sherzod Nurmatov
15 sen 2026, 15:14
Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar berdi.

UEFA 2028 yilgi Chempionlar Ligasi finali Myunxendagi "Alyanc Arena"da bo'lib o'tishini, bir yil o'tib esa turnirning hal qiluvchi bahsiga Barselonadagi yangilangan "Kamp Nou" stadioni mezbonlik qilishini e'lon qildi.

"Ikki ramziy stadion! Myunxen futbol arenasi ("Alyanc Arena") hamda Barselonadagi "Kamp Nou" mos ravishda 2028 va 2029 yillardagi Chempionlar Ligasi finallarini qabul qiladi", – deyiladi e'londa.

5.jpg

Qayd etish joizki, Chempionlar Ligasining joriy mavsumdagi finali Madriddagi "Metropolitano" stadionida bo'lib o'tadi. Turnirning amaldagi g'olibi Fransiyaning PSJ klubi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: UEFA.com