

Osiyo o'yinlari. Guruh bosqichi. 1-tur
O'zbekiston - Filippin 1:0 LIVE
Nagoya. "CS Asset Minato Soccer Stadium"
Bosh hakam: Jin Jing Yuan (Xitoy)
O'zbekiston: 21. Samandar Muratbaev, 2. Saidxon Hamidov, 3. Dilshod Murtazoev, 4. G'iyosjon Rizakulov, 6. Ravshan Xayrullaev, 7. Sardor Bahromov, 9. Saidumarxon Saidnurullaev, 10. Muhammadali O'rinboev, 11. Asilbek Jumaev, 14. Ro'ziboy Fayzullayev, 19. Ollabergan Karimov.
Zaxira: Maksim Murkaev, Quvonchbek Xushvaqtov, Amirbek Saidov, Umar Rustamov, Azizbek To'lqinbekov, Diyor Abdunazarov, Muhammadali Reimov, Firdavs Abdurahmonov, Oybek O'rmonjonov, Dilshod Abdullaev, Nurlan Ibraimov, Shodiyor Shodiboev
"Filippin": 1. Nikolas Gumaraysh, 5. Martin Merino, 6. Sandro Reyes, 7. Skott Vuds, 8. Gavin Muens, 9. Andres Aldeger, 10. Djon Lusero, 18. Maykl Baldisimo, 19. Kristian Rontini, 20. Antuan Ortega, 21. Santyago Rubliko
Zaxira: 12. Joze Gonsalles, 23. Patrik Day, 2. Brayan Vilyanueva, 3. Gabriel Gumaraysh, 4. Kamil Amirul, 11. Dov Karino, 13. Rien Lim, 14. Xayme Roskilo, 15. Itan Smit, 16. Djared Penya, 17. Brayan Makmanus, 22. Aydan Astilla
Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
41. ZARBA. Muhammadali O'rinboev qulay vaziyatda noaniq zarba berdi.
36. Muhammadali O'rinboevning zarbasiga aniqlik yetishmadi.
30. GOOOOOOOOOOOOL. Yakunda hisobni ochdik, ketma-ket hujumlar samara keltirdi. Ollabergan Karimovning jarima maydonchasiga uzatmasini Muhammadali O'rinboev boshi bilan raqib darvozasiga yo'lladi.
25. ZARBA. Terma jamoamiz futbolchisi Xayrullaevning tepgan to'pi darvoza ustuniga tegdi.
24. Ravshan Xayrullaev olis masofadan omadini sinab ko'rdi.
21. Muhammadali O'rinboev jarima zarbasini noaniq ijro etdi.
18. ZARBA. Muhammadali O'rinboevning uzatmasini Saidumarxon Saidnurullaev darvozaga yo'llay olmadi.
13. Raqibdan jarima maydonchamizga qarata keskin vaziyat. Alesandro Reysning zarbasi darvozamiz ustuni yonidan o'tib ketdi.
8. Asilbek Jumaevning jarima zarbasidan tepgan to'pini raqib posboni qaytarib yubordi. Ustunlik terma jamoamizda.
5. Saidumarxon Saidunurullaevda jarima maydonchasi ichida qulay imkoniyat yuzaga kelgandi. Unga nisbatan raqib himoyachisi qarshilik ko'rsatdi.
O'yinga start berildi. Olg'a, O'zbekiston!
Ikki mamlakat madhiyalari yangradi. Hamma narsa tayyor!
Jamoalar maydonga chiqib keldi. Osiyo o'yinlaridagi yurishimiz boshlandi.



