PSJ himoyachisi Hakimi "Brest" bilan o'yinda o'ng sonidan jarohat oldi

Sherzod Nurmatov
15 sen 2026, 13:45
PSJ himoyachisi Ashraf Hakimi Liga 1’ning 4-turidan o'rin olgan "Brest"ga qarshi uchrashuvda (1:0) o'ng sonidan jarohat oldi, deb xabar berdi klub matbuot xizmati.

Marokashlik futbolchi bahsning 39-daqiqasida almashtirildi.

"Kecha "Brest"ga qarshi o'yinda o'ng sonidan jarohat olgan Ashraf Hakimi keyingi ikki kun davomida tibbiy guruh nazoratida bo'ladi. Ushbu muddat yakunlangach, yangi tibbiy ko'rik o'tkaziladi", – deyiladi PSJ bayonotida.

27 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 7 ta o'yin o'tkazdi va samarali harakatlar bilan ajralib turmadi. Fransiya chempionatining 4 turidan so'ng PSJ 5 ochko jamg'argan holda turnir jadvalining 7-pog'onasida bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: PSG Report