Ispaniya terma jamoasi JCH-2026dagi g'alabasi uchun AQSHga katta miqdorda soliq to'laydi - Fox News

25 iyul 2026, 09:50
Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) 2026 yilgi jahon chempionatidagi zafardan so'ng AQSH byudjetiga soliq ko'rinishida 15 million dollar o'tkazib beradi.

Bu haqda "Fox News" xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko'ra, JCH tashkilotchilari odatda mezbon davlatlar bilan terma jamoalarni soliq to'lovlaridan ozod qilish bo'yicha kelishuvlar tuzadilar. Biroq Qo'shma Shtatlar hukumati Ispaniya milliy jamoasi o'yinchilarini AQSH yurisdikciyasi hududida daromad olgan jismoniy shaxslar sifatida baholagan.

Titul uchun kechgan o'yinda Ispaniya terma jamoasi qo'shimcha vaqtda Argentina milliy jamoasini 1:0 hisobida mag'lub etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Fox News