

Bu haqda "Bild" nashriga tayanib "Sport.es" xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, "qaymoqranglilar" 19 yoshli futbolchi uchun 100 million evro to'lashga tayyor. Biroq "buqalar" Diomandeni 120 million evroga baholamoqda. Kot-d'Ivuarlik o'yinchi uchun kurashda "Real"ga "Liverpul", "Arsenal", "Manchester Siti" va PSJ klublari raqobat tug'dirmoqda. Shu bilan birga, Parij jamoasi hujumchining o'zi bilan kelishuvga erishib bo'lgan.
Yakunlangan mavsumda Diomande barcha turnirlarda 36 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 10 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan. "Transfermarkt" portali ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 90 million evroni tashkil etadi.



