Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladimi? Bu haqda uning jamoadoshi ma'lum qildi

25 iyul 2026, 09:00
"Boka Xuniors" va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Leandro Paredes Lionel Messining milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

Argentina 19 iyul kuni JCH-2026 finalida Ispaniyaga imkoniyatni boy berdi (qo'shimcha vaqtda 0:1). Keyinchalik argentinalik sport jurnalisti hamda insayder Ernan Kastilo 39 yoshli Messi terma jamoadagi faoliyatini yakunlayotganini ma'lum qildi. Ushbu masala bo'yicha rasmiy ma'lumot hozircha mavjud emas.

"Messi jahon chempionati finali milliy terma jamoadagi oxirgi o'yini bo'lishi haqida qaror qabul qildi.

Men esa uning o'ynashda davom etishini umid qilaman. Uni nima baxtli qilsa - biz ham shundan xursand bo'lamiz", - dedi Paredes jurnalistlarga.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com