

Serbiyalik Ensar Brunchevich bo'yi 196 sm bo'lgan markaziy himoyachi. Faoliyati davomida Serbiyaning "Spartak", "Yoshanica", "Novi Pazar", Polshaning "Baleste Xalsa", "Xougan Yunayted" kabi jamoalari tarkibida o'ynagan.
Ushbu mavsumning birinchi qismida "Novi Pazar" tarkibida 2 o'yinda qatnashdi.

Ikkinchi legioner esa - shimoliy makedoniyalik Milosh Tosheski. Markaziy himoyachi poziciyasida o'ynaydi. Faoliyati davomida Serbiyaning "Brodarac", "Zemun", "Spartak", "Napredak", Shimoliy Makedoniyaninng "Rabotnichki", Qozog'istonning "Atirau" jamoalarida o'ynagan.
Ushbu mavsumning birinchi qismida "Napredak"ning 6 o'yinida ishtirok etgan.




