

Bu haqda "365scores" xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, Ronaldu va "Al Nacsr" Fernandeshning "qizil iblislar" bilan shartnomasini uzaytirish bo'yicha boshi berk ko'chaga kirib qolgan muzokaralardan foydalanib qolmoqchi. Saudiya klubi 31 yoshli yarim himoyachining ular safiga shu yozda o'tishini xohlamoqda.
Avvalroq OAV Fernandeshning "Manchester Yunayted"da faoliyatini davom ettirishga tayyorligi haqida xabar bergan edi.
Portugaliyalik futbolchi 2020 yilning yanvaridan beri mankunianliklar safida to'p suradi. Yakunlangan mavsumda Fernandesh barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 22 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan. "Transfermarkt" portali ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 35 million evroni tashkil etadi.



