SSKA o'zbekistonlik murabbiylar qo'l ostida mavsumni g'alaba bilan boshladi

Iskandarov Abdulaziz
25 iyul 2026, 10:26
Kechadan e'tiboran Rossiya Premer-Ligasida yangi mavsumga start berildi.

Moskvaning SSKA jamoasi ilk turda "Baltika"ni qabul qildi. O'zbekistonlik murabbiylar Dmitriy Igdisamov va Denis Korostichenko ustozlik qilayotgan "armiyachilar" raqibini 2:1 hisobida taslim qildi. Gollarga Eduardo Anderson va Kirill Glebov mualliflik qildi.

SSKA navbatdagi uchrashuvini 1 avgust kuni "Krilya Sovetov"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif