Romano Vozinyaning yangi klubi nomini ma'lum qildi

25 iyul 2026, 08:35
Jahon chempionatida nom qozongan Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinya Chilining eng yirik klublaridan biri - "Kolo-Kolo" a'zosiga aylandi. B

u haqda jurnalist va insayder Fabricio Romano X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, Kabo-Verdedan bo'lgan darvozabonning transferi bo'yicha og'zaki kelishuvga erishilgan. Hujjatlar tez orada imzolanishi kerak. Insayderning takidlashicha, bu dam olish kunlari yuz berishi lozim, shundan so'ng Vozinya tibbiy ko'rikdan o'tish uchun jo'nab ketadi. Darvozabonning o'zi Chilidagi faoliyatining yangi sahifasiga tayyor.

Avvalroq "Kolo-Kolo" klub prezidenti Anibal Mosaning topshirig'iga binoan 40 yoshli darvozabon bilan muzokaralar o'tkazgani xabar qilingan edi. Chili klubiga qadar futbolchiga asosiy da'vogar sifatida argentinalik Lionel Messi to'p suradigan AQSHning "Inter Mayami" klubi ko'rilayotgan edi.

Vozinya JCH-2026da to'rtta o'yin o'tkazib, ularning ikkitasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uning Portugaliyaning ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi "Shavish" klubi bilan shartnomasi shu yozda yakuniga etgan edi. Kabo-Verde terma jamoasi o'z tarixida ilk bor jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etdi va 1/16 finalda Argentinaga imkoniyatni boy berib (2:3), musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano