De la Fuente JCH finalidan so'ng Argentina futbolchilarining o'zini tutishi haqida gapirdi

24 iyul 2026, 09:20
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente 2026 yilgi jahon chempionati finalida "Furiya Roxa" 1:0 hisobida g'alaba qozonganidan so'ng Argentina terma jamoasi futbolchilarining tajovuzkor xatti-harakatlari haqida gapirdi.

O'yindan so'ng "albiseleste" himoyachisi Nauel Molina yonidan yugurib o'tayotgan Rodrining ko'kragiga qo'li bilan urdi. Yarim himoyachi Leandro Paredes esa Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Erik Garsiyaning oyog'iga tepib, tomog'idan ushladi, so'ngra Gavini maydon maysazoriga itarib yubordi.

"O'sha paytda men boshqa odamlar bilan g'alabani nishonlayotganim sababli nima bo'layotganini tushunmadim. Har qanday holatda ham, o'yin oldi kunlarida men tomonimdan maqtovlarga sazovor bo'lgan va ajoyib murabbiyga ega bo'lgan bunday darajadagi o'yinchilar tomonidan bunday xatti-harakatlarga yo'l qo'yib bo'lmaydi va buni qabul qilib bo'lmaydi deb hisoblayman.

Ushbu provokaciyalarga javoban futbolchilarimizning o'zini tutishini alohida takidlash lozim deb o'ylayman. Ular butun o'yin davomida haqiqiy sportchilarga xos vazminlikni saqlab qolishdi", - deya de la Fuentening so'zlarini "TVE" keltiradi.

O'xshash yangiliklar


Manba: TVE