"Real" yopiq eshiklar ortida kechgan o'yinda Ispaniya uchinchi divizioni vakili "Alkorkon"ni mag'lub etdi

25 iyul 2026, 08:06
24 iyul kuni Madridning "Real" klubi yopiq eshiklar ortida o'tkazilgan o'yinda Ispaniya uchinchi divizionida ishtirok etuvchi "Alkorkon" jamoasini mag'lub etdi.

Bu haqda "qirollik klubi" matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv Alfredo di Stefano nomidagi stadionda bo'lib o'tdi. O'yin Joze Mourinyo shogirdlarining 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Yagona golni 81-daqiqada penaltidan hujumchi Daniel Yanes kiritdi.

28 iyul kuni "Real" "Leganes" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Real Madrid Info