"VAR aralashmasligi kerak edi". Iraola - "Brentford" bilan o'yinda bekor qilingan penalti haqida

Aslanov Jasurbek
18 okt 2026, 12:56
"Liverpul" bosh murabbiyi Andoni Iraola Angliya Premer-ligasining 7-turidan o'rin olgan "Brentford"ga qarshi o'yinda (2:1) jamoasi foydasiga bekor qilingan penalti vaziyatiga baho berdi.

Uchrashuv Brentforddagi "Djitek Kommyuniti" stadionida bo'lib o'tdi. Bosh hakam sifatida Djon Bruks ishladi.

- Menimcha, Dango Uattara to'pga tegindi. Bu penalti ekani dargumon, ammo VAR ham bunday vaziyatlarga aralashmasligi kerak edi, chunki epizod ravshan edi. Joriy mavsumda "Nottingem Forest"ga qarshi o'tkazilgan o'yindagi penalti yodimda, o'shanda bizga bu penalti emasligini va VAR aralashmoqchi emasligini aytishgandi.

Shu sababli, vaziyat juda o'xshash deb hisoblayman va buni penalti deb atamagan bo'lardim. Takroriy lavhani ko'rgach, Dango to'pga biroz teginganini tushundim, ammo "Forest" bilan o'yinda tushuntirishganidek, vaziyat mutlaqo bir xil va VAR aralashuviga hojat yo'q edi, deb o'ylayman, - dedi Iraola mersisaydliklar rasmiy saytiga.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: liverpoolfc.com