Andoni Iraola: "Barkolya qancha ko'p o'ynasa, shuncha yaxshi bo'lib boradi"

18 sen 2026, 21:59
"Liverpul" bosh murabbiyi Andoni Iraola jamoaning yangi futbolchisi Bredli Barkolyaning Angliya Premer-ligasiga moslashish jarayoni haqida fikr bildirdi.

Fransiyalik vinger yozgi transferlar oynasida PSJdan "Liverpul"ga o'tgan edi.

"Bredliga kelsak, u qancha ko'p o'ynasa, shuncha yaxshi bo'lib boradi. U bizga mavsumoldi tayyorgarlikdan o'tmasdan qo'shildi, ammo hozir jismoniy holati yaxshi.

Boshqa chempionatlardan kelgan barcha yangi futbolchilar kabi unga ham Premer-ligaga moslashish uchun vaqt kerak bo'ladi. Ammo u yuqori darajadagi uchrashuvlarda katta tajribaga ega. Uning holati yaxshi ekanini ko'rib turibman", - dedi Iraola.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC