"Liverpul" murabbiyi Iraola: "Har uch kunda o'ynayapmiz, tarkibni yana o'zgartirishga majburmiz"

Aslanov Jasurbek
17 okt 2026, 15:15
"Liverpul" bosh murabbiyi Andoni Iraola Angliya chempionatining 7-turidan o'rin olgan "Brentford"ga qarshi safar o'yini oldidan jamoadagi kadrlar holati haqida gapirib o'tdi.

- Mavsumning hozirgi bosqichida, aynan har uch kunda - bazan esa hatto uch sutkadan ham kamroq vaqt ichida maydonga tushishga majbur bo'layotganimizda, jamoaga keng tarkib suv va havodek zarur. Aynan shu sababli Chempionlar Ligasi doirasida LASKka qarshi o'tkazilgan o'yinda asosiy tarkibni yangilab olgan edik. Shu dam olish kunlari "Brentford"ga qarshi kechadigan bahsda yana rotaciyaga qo'l urishga majburmiz, shuningdek, oradan yana uch kun o'tib "Vilyarreal" bilan bo'ladigan o'yinda ham tarkibni aynan shunday o'zgartiramiz. Bizga jamoadagi absolyutno barcha futbolchilar kerak, har bir o'yinchi maydonga tushishga tayyor turishi shart, - dedi Iraola "Liverpul" rasmiy saytiga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: liverpoolfc.com