Infantino Jahon chempionati o'yinlariga qimmat chiptalar fonida g'alati bayonot bilan chiqdi

Sherzod Nurmatov
7 may 2026, 14:05
FIFA prezidenti Janni Infantino uchinchi tomon platformalarida 2 million dollargacha etadigan Jahon chempionati final chiptalarining narxi borasida javob berdi.

Jahon futboli rahbari bunday chiptalarning mavjudligi ularning narxi oqilona degani emasligini aytdi.

"Kimdir final chiptalarini 2 million dollarga qo'ygani, ularning narxi shunchalik qimmat ekanligini anglatmaydi. Va bu ularni kimdir sotib olishini anglatmaydi. Agarda kimdir baribir sotib olsa, u ajoyib taassurotga ega bo'lishi uchun shaxsan o'zim unga xot-dog va kola olib kelib beraman", – dedi Infantino.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian