

"Biz Tramp bilan birgalikda futbol bo'yicha Jahon chempionati finalidan bahra olamiz va kubokni g'olibga birgalikda topshiramiz", - dedi Infantino "Fox News"ga bergan intervyusida.
Futbol bo'yicha 2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tmoqda. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. 2022 yilgi mundial finalida Argentina terma jamoasi Fransiya bilan to'qnash kelgandi. O'yinning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlangan, biroq penaltilar seriyasida argentinaliklarning qo'li baland kelgandi (4:2).



