

“Jahon chempionatida men havas qiladigan juda ko'plab futbolchilar o'ynamoqda. Men har doim o'zimga yoqadigan o'yinchilari bo'lgan jamoalarni qo'llab-quvvatlayman. Agar Argentina g'alaba qozonsa, u yerda men birga ishlagan futbolchilar bor va ular uchun xursand bo'laman”, – dedi Gvardiola.
Ispaniya haqida gapirganda, Gvardiola Luis de la Fuente shogirdlari Jahon kubogini qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan bir nechta asosiy omillarni sanab o'tdi:
“Hamma narsa yosh itqidorlarga hamda o'yindan o'yinga kuchayib borayotgan inson - Rodriga bog'liq. Agar u markazda Pedri bilan birga o'z o'yinini ko'rsata olsa, Lamin Yamal esa aniq va samarali harakat qilsa, Ispaniya ustunlikka erishishi mumkin”.
Eslatib o'tamiz, Jahon chempionatining finalida Ispaniya va Argentina terma jamoalari o'zaro to'qnashadi. O'yin 20 iyulga o'tar kechasi bo'lib o'tadi.



