Superliga. "Mashal" – "Qo'qon-1912" (matnli translyatsiya)

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2026, 19:57
Superliga 12-turidan o'rin olgan uchrashuv davom etmoqda.

Superliga

12-tur

“Mashal” – “Qo'qon-1912” 0:0 (LIVE)

G'uzor. “Markaziy” stadioni. 20:00

Bosh hakam: Doston Rahmonov

Yordamchi hakamlar: Shohnur Yo'ldoshev, Sardor Umirzoqov

Zaxira hakami: Alisher Raximkulov

VAR: Akobirxo'ja Shukurullaev

AVAR: Avazbek Abdullaev

Nazoratchi: Timur Galeev

Komissar: Diyor Xotamqulov

“Mashal”: 35.Dostonbek To'xtaboev, 2.Zafarbek Akramov, 4.Straxinya Boshnyak, 8.Sardor Abduraimov, 9.Ibrohim G'anixonov, 10.Humoyun Murtozaev, 15.Muhammadali Aliqulov, 18.Ilhomjon Abdig'aniev, 19.Toxir To'xtasinov, 28.Ergash Ismoilov, 37.Sherzod Fayziev.

Zaxira: 73.Vladislav Rusanov, 7.Vlatko Stoyanovski, 17.Anvar Murodov, 22.Nurjahon Muzaffarov, 34.Shahboz Jo'raev, 40.Ruhiddin Xolmatov, 45.Suhrobjon Parmonqulov, 94.Farruh Ibrohimov, 99.Bobir Asqarov.

“Qo'qon-1912”: 13.Rahimjon Davronov, 5.Jasurbek Ëqubov, 6.Alisher Salimov, 7.Javohir Sidiqov, 8.Shota Gvazava, 10.Shohruh Gadoev, 19.Shahzod Akramov, 21.G'ulomhaydar Gulyamov, 22.Toma Tabatadze, 44.Andro Giorgadze, 99.Muhammadanas Hasanov.

Zaxira: 1.Rustam Nortojiev, 4.Asliddin Toshtemirov, 9.Javohir Husanov, 14.Ibrohim Yo'ldoshev, 15.Zafar Hakimov, 17.Farhodjon Sohibjonov, 18.Muhriddin Pazildinov, 69.Egor Kondratyuk, 70.Shohruh Mahmudhojiev.

42. To'p nazorati 33 ga 67%: “Qo'qon-1912” foydasiga.

40. Zarba! Shahzod Akramovning qanotdan tepgan zarbasidan keyin to'p noaniq ko'rinish oldi.

39. Abduraimov qoidani buzish evaziga Gulyamovdan to'pni olib qo'yib, oldinga intildi, hakam o'yinni to'xtatdi.

36. Jamoalar navbati bilan hujumga o'tishmoqda, ammo hozircha bu samara keltirganicha yo'q.

34. Zafarbek Akramovning uzatmasidan so'ng himoyachilar to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi.

32. Salqinlanish vaqti e'lon qilindi. Tribunada Ro'ziqul Berdiev ko'rinish berdi.

31. Tabatadze to'pni qabul qilib olganida ofsayd qayd etildi, hujumchining o'zi bu fikrga qo'shilmayapti.

28. Zarbaa! Arkamovning pasidan so'ng Tabatadze zarba berdi, To'xtaboev qaytardi!

26. Zarbaaa! Tabatadzening jarimadan yo'llagan kuchli zarbasiga aniqlik yetishmadi.

22. Salimovning qanotdan oshirib bergan to'pini Dostonbek To'xtaboev ilib oldi.

18. Endi birinchi bo'limga ancha-muncha vaqt qo'shib berilsa kerak.

16. Elektr tiklandi, bahs davom etadi.

9. G'uzorda chiroq o'chib qolgani tufayli o'yin to'xtab qoldi…

6. Davronovning erkin zarbasidan so'ng to'p hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi.

3. Qo'qonliklar to'pga egalik qilgan holda o'yin nazoratini qo'lga olishga harakat qilishmoqda.

1. Uchrashuv boshlandi!

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia