Arab shayxlari Gvardiolaga qancha maosh taklif qilgani ma'lum

24 may 2026, 07:34
Yozda "Manchester Siti"ni tark etadigan Pep Gvardiolaga Saudiya Arabistonidan super taklif kelib tushdi.

Arab shayxlari ispaniyalik mutaxassisni "Al Nassr"ga olib kelish uchun Gvardiolaga yiliga 90 million evro to'lashga tayyorligini ma'lum qilgan.

Eslatib o'tamiz, Gvardiola 2016 yildan buyon "Manchester Siti"ni boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida jamoa 20 ta sovrinni qo'lga kiritdi. Gvardiola boshchiligida "Manchester Siti" 6 marta APLda chempion bo'ldi. Shuningdek, 1 marta Liga Kubogi, 6 marta Angliya Kubogi, 3 martadan Angliya Superkubogi va Yevropa Superkubogida zafar quchgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com