

Superliga
12-tur
"Navbahor" – OKMK 2:1
Toshkent. “Olimpiya” stadioni. 20:00
Bosh hakam: Temur To'xtasinov
Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Abdulhamid Abdurayimov
Zaxira hakami: Asadbek Qosimjonov
VAR: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR: Dias Galeev
Nazoratchi: Sultonbek Zaylobidinov
Komissar: Davron Ibrohimov
Gollar: 1:0 – 8, Ruslan Jiyanov (Abbos G'ulomov); 1:1 – 20, Hazrat Tursunqulov; 2:1 – 31, Husayn Norchaev (Diyor Xolmatov)
"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 4.Islom Mamatkazin, 5.Dilshodjon Komilov, 7.Ruslan Jiyanov, 8.Diyor Xolmatov, 11.Husayn Norchaev, 20.Quvondiq Ro'ziev, 21.Asadbek Rahimjonov, 23.Vanya Ilich, 34.Georgiy Jgerenaya, 70.Abbos G'ulomov.
Zaxira: 16.Shukron Yo'ldoshev, 6.Shohruh Abdurahmonov, 9.Zabihillo O'rinboev, 13.Benjamin Teydi, 17.Muhammadali G'iyosov, 22.Umar Adhamzoda, 44.Anri Chichinadze, 77.Muhammadali Usmonov, 97.Aleks Fernandes.
OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 5.Georgi Papava, 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshod Ahmadaliev, 8.Abubakr Rizo Turdialiev, 9.Aziz Xolmurodov, 10.Asadbek Sobirjonov, 21.Hazrat Tursunqulov, 22.Saidafzalxon Axrorov, 44.Abror Karimov, 88.Siyavash Xaqnazariy.
Zaxira: 23.Hamidullo Abdunabiev, 3.Shahzod Tairov, 11.Ali Abdurahmonov, 13.Eldorbek Begimov, 19.Ahmadullo Muqumjonov, 27.Urosh Koyich, 28.Arixiro Sentoku, 30.Abror Sarimsoqov, 77.Ivan Peshich.
Ogohlantirish: Abubakr Rizo Turdialiev (45+3)
45+3' – Birinchi bo'lim yakunlandi!
Bosh hakam Temur To'xtasinov hushtagini chalib, jamoalarni tanaffusga taklif etdi. Birinchi bo'limdan so'ng stadiondagi hisob – 2:1. "Navbahor" hozircha oldinda.
Qisqa tanaffus e'lon qilamiz. Jamoalar maydonga qaytishgach, translyatsiyani davom ettiramiz.
45+3' – Sariq kartochka!
Birinchi bo'limning qo'shib berilgan so'nggi daqiqasida maydonda qo'pollik ishlatildi. OKMK yarim himoyachisi Abubakr Rizo Turdialiev raqib futbolchisi Ruslan Jiyanovga nisbatan qoidani buzgani uchun bosh hakam Temur To'xtasinov tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.
45' – Uchrashuvning birinchi bo'limi asosiy vaqti yakunlandi. To'xtalishlar va tibbiy yordam ko'rsatilgan vaziyatlar inobatga olinib, bosh hakam Temur To'xtasinov tomonidan birinchi bo'limga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.
40' – Xavfli vaziyat!
OKMK himoyachisi Saidafzalxon Axrorov chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga xavfli uzatma amalga oshirdi. Qulay nuqtada turgan Hazrat Tursunqulov darvozaga kuchli zarba yo'lladi, biroq "Navbahor" posboni O'tkir Yusupov ajoyib seyv namoyish etib, jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.
38' – Maydonda to'xtalish. "Navbahor" yarim himoyachisi Ruslan Jiyanov raqib bilan to'qnashuvdan so'ng maydonda yotibdi. Stadion shifokorlari maydonga taklif etildi va hozirgi daqiqalarda futbolchiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
36' – OKMK futbolchisi Hazrat Tursunqulov raqib darvozasini olis masofadan nishonga oldi. Uning yo'llagan kuchli zarbasi biroz noaniq ketdi – to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.
31' – GOOOOOOOOL!!! "Navbahor" yana oldinda!
"Navbahor" yarim himoyachisi Diyor Xolmatov raqib jarima maydonchasining o'ng tomonidan to'pni markazga uzatdi. Bu vaziyatda Husayn Norchaev sovuqqonlik ko'rsatib, to'pni to'xtatmasdan darvozaning uzoq pastki burchagiga aniq joylab qo'ydi. Mezbonlar yana hisobda ustunlikni o'z qo'llariga olishmoqda – 2:1!
27' – Uchrashuv bosh hakami Temur To'xtasinov o'yinda texnik tanaffus e'lon qildi. Futbolchilar suv ichib, kuch yig'ib olish va murabbiylardan ko'rsatmalar eshitish uchun zaxira o'rindiqlari tomon yo'l olishdi.
20' – GOOOOOOOOL!!! OKMK hisobni tenglashtirdi!
Mehmonlar yarim himoyachisi Hazrat Tursunqulov o'ng qanotdan katta tezlikda oldinga intildi. "Navbahor" himoyachisi Dilshodjon Komilov bilan bo'lgan kurashda ustun kelib, to'pni jarima maydonchasi markaziga uzatdi. Asadbek Sobirjonovning yo'llagan zarbasini darvozabon O'tkir Yusupov qaytarishga erishdi, biroq qaytgan to'pga birinchi bo'lib yetib kelgan Tursunqulov uni deyarli darvoza chizig'i yonidan osonlik bilan to'rga joylab qo'ydi – 1:1!
18' – OKMK futbolchisi Siyavash Xaqnazariy raqib jarima maydonchasi ichida to'pni o'ziga bo'ysundirib, darvozaga zarba berdi. Biroq yo'lga qo'yilgan to'p "Navbahor" himoyachisiga tegib, o'z yo'nalishini o'zgartirdi va darvozagacha yetib bormadi.
12' – OKMK jamoasidan javob hujumi. Asadbek Sobirjonov jarima maydonchasi ichiga kirib borib, darvozaning yaqin burchagini nishonga oldi. "Navbahor" posboni O'tkir Yusupov o'z o'rnida, u to'pni ishonchli tarzda egallab oldi.
8' – GOOOOOOOOL!!! "Navbahor" hisobni ochdi!
"Navbahor" yarim himoyachisi Ruslan Jiyanov raqib jarima maydonchasi tashqarisida to'pni qabul qilib oldi va darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. To'p darvozabon Javohir Ilyosov qo'riqlayotgan darvozaning yaqin pastki burchagiga aniq yo'llandi. Mezbonlar hisobda oldinga chiqib olishmoqda – 1:0!
6' – Xavfli vaziyat!
"Navbahor" hujumchisi Ruslan Jiyanov chap qanotdan katta tezlikda oldinga qarab intildi va raqib jarima maydonchasi ichiga aniq uzatma berdi. Qulay poziciyaga chiqib borgan Husayn Norchaev 8–9 metrlar chamasi uzoqlikdan chap oyoqda darvozaga zarba yo'lladi. Biroq to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.
3' – OKMK yarim himoyachisi Asadbek Sobirjonov chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga uzatma amalga oshirdi. Namanganliklar himoyachisi Islom Mamatkazin xavfni bartaraf etib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Mehmonlarda burchak zarbasi.
1' – Diqqat, uchrashuv boshlandi!
Jamoalar "Olimpiya" stadioni maydoniga chiqib kelishdi. Bugungi bahsda mezbonlar – "Navbahor" futbolchilari ko'k, mehmonlar – OKMK jamoasi esa oq rangli liboslarda harakat qilishadi.
Uchrashuv bosh hakami Temur To'xtasinov hushtagini chaldi. O'yinga start berildi!



