"Atletiko" prezidenti: "Alvares klubda qoladi, meni bu gapni qaytarishga majbur qilmang"

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2026, 20:25
Madridning “Atletiko” klubi prezidenti Enrike Sereso hujumchi Xulian Alvaresning "Barselona"ga o'tish ehtimolini butunlay inkor etdi.

Bundan avvalroq Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta hech kimning nog'orasiga o'ynamasligini va Xulian Alvares bo'yicha berilgan taklif muddatsiz emasligini takidlagan edi.

- Eshiting, Joan Laporta - mening yaqin do'stim, u ajoyib prezident. U ham xuddi siz kabi Xulian Alvares keyingi mavsumda qayerda o'ynashini juda yaxshi biladi.

- Alvares muxlislarning kechirishiga muhtojmi?

- Menimcha, bu hayotda hammamiz ham xato qilamiz. Siz meni hozir asabiylashishga majbur qilyapsiz. Va ha, bu hayotda bazi siz o'zingiz ko'rgan narsalardan tashqari hech qanday muammo yo'q, hamma narsani kechirish mumkin.

- “Atletiko” xorij klublariga nisbatan ham “Real” va “Barselona”ga bo'lganidek qatiy poziciyada turadimi?

- Yana bir bor takrorlayman: Alvares - “Atletiko” futbolchisi va u shu yerda qoladi. Meni bu gapni qayta-qayta gapirishga majbur qilmang, aks holda savol-javob shu yerda tugaydi".

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca