Pep "Man Siti"ning 115 ta qoidabuzarligi haqida: "Bu ancha oldin bo'lgan edi. Harakatlariga qarab klubga ishonaman”

24 may 2026, 12:10
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL moliyaviy qoidalarini buzgani uchun klubga nisbatan qo'yilgan 115 ta ayblov haqida gapirdi.

“Qaror qabul qilinadi. Men ularga [klubga] ishonaman. Sababi ular bilan suhbatlashganman va ularning xatti-harakatlariga qarab ishonaman.

O'sha paytda xodimlar, murabbiylar shtabi va aksariyat o'yinchilar bu yerda bo'lmagan. Bunga ancha bo'lgan. Men klubga ishonaman”, - dedi Gvardiola.

"Shaharliklar"ning moliyaviy qonunbuzarliklari bo'yicha tergov 2009 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davrni qamrab oladi. Gvardiola "Siti"ni 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail