Yilning eng yaxshi yosh o'yinchisi sovrini uchun 10 nafar nomzod e'lon qilindi

Sherzod Nurmatov
8 sen 2026, 18:25
"France Football" talqinida 2026 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrini uchun nomzodlar ma'lum bo'ldi.

Da'vogarlar qatoridan quyidagi futbolchilar joy oldi:

Kerim-Sem Alaybegovich ("Red Bull Zalcburg"/"Yuventus"), Ayub Buaddi ("Lill"/"Manchester Siti"), Pau Kubarsi ("Barselona"), Yan Diomande ("RB Leyptsig"/"Real Madrid"), Lennart Karl ("Bavariya"), Eli Krupi ("Bornmut"), Lamin Yamal ("Barselona"), Yoxan Manzambi ("Frayburg"/"Aston Villa"), Ibrohim Maza ("Bayer") va Uorren Zair-Emeri ("PSJ")

11.jpg12.jpg

Nominaciya g'olibi 2026 yil 26 oktyabr, dushanba kuniga rejalashtirilgan "Oltin to'p"ni topshirish marosimida ma'lum qilinadi. Tadbir Londonda bo'lib o'tadi. O'tgan yil yakunlariga ko'ra, PSJ vingeri Dezire Due eng yaxshi yosh futbolchi deb topilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif