

Ro'yxatga 5 ta jamoa kiritildi: "Arsenal", "Bavariya", "Budyo-Glimt", "Flamengo" va "Pari Sen-Jermen".

"Arsenal" o'tgan mavsumda 22 yil ichida ilk bor Angliya Premer-ligasida g'olib chiqdi va Chempionlar Ligasi finaliga qadar yetib bordi.
PSJ ketma-ket ikkinchi bor YCHL g'olibiga aylandi.
Bosh evrokubok musobaqasining umumiy bosqichida debyut qilgan "Budyo-Glimt" klubi Madridning "Atletiko" va "Manchester Siti" jamoalarini mag'lub etdi, pley-offning o'tish bahslarida Milanning "Inter" to'sig'idan o'tdi va 1/8 finalgacha yetib borib, Lissabonning "Sporting" jamoasiga imkoniyatni boy berdi.
Germaniya chempionatida oltin medallarni qo'lga kiritgan "Bavariya" Bundesligada raqiblar darvozasiga rekord darajadagi 122 ta gol urdi, shuningdek, YCHL yarim finalida PSJ bilan gollarga boy to'qnashuv ishtirokchisi bo'lib, "Park de Prens"da 4:5 hisobida yutqazdi.
Braziliya A Seriyasi g'olibi "Flamengo" Libertadores Kubogida zafar quchdi va Qitalararo Kubogi finalida PSJ bilan bahs olib bordi (asosiy va qo'shimcha vaqtda 1:1, penaltilar seriyasida 1:2).
2025 yilda ushbu mukofotga PSJ klubi sazovor bo'lgan edi.



