Terri Anri "Oltin to'p"ni topshirish marosimi boshlovchisi bo'ladi

Sherzod Nurmatov
20 okt 2026, 12:36
Fransiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Terri Anri va britaniyalik jurnalist Keyt Skott "Oltin to'p"ni topshirish bo'yicha 70-marosimda boshlovchilik qiladi.

Tadbir 26 oktyabr kuni Londondagi "Palladium" teatrida bo'lib o'tadi. 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra eng yaxshi futbolchi sovriniga, xususan, Lionel Messi ("Inter Mayami"), Lamin Yamal ("Barselona"), Kilian Mbappe, Vinisius Junior (ikkalasi - "Real"), Xvicha Kvaratsxeliya, Usmon Dembele va Ferran Torres (uchovi - PSJ) da'vogarlik qilmoqda.

Anri to'qqiz marta "Oltin to'p" nominantlari qatoridan joy olgan; 2003 yilda u ovoz berish natijalariga ko'ra ikkinchi o'rinni egallagandi. Anri Fransiya terma jamoasi tarkibida jahon (1998) va Yevropa (2000) chempioni hisoblanadi. Shuningdek, u "Arsenal" bilan birga ikki karra Angliya chempioni, "Barselona" bilan esa ikki karra Ispaniya chempioni hamda bir marta Chempionlar Ligasi g'olibi bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ballondor.com