"France Football" Lev Yashin nomidagi yil darvozaboni sovriniga da'vogarlarni ma'lum qildi

Sherzod Nurmatov
8 sen 2026, 17:15
“France Football” jurnali yilning eng yaxshi darvozaboniga beriladigan Lev Yashin nomidagi sovrin uchun nomzodlar ro'yxatini taqdim etdi.

Ro'yxatdan 10 nafar posbon joy oldi: Matvey Safonov (Rossiya, PSJ), Yassin Bunu (Marokash, "Al Hilol"), Tibo Kurtua (Belgiya, "Real Madrid”), Joan Garsiya (Ispaniya, "Barselona"), Gregor Kobel (Shveytsariya, "Borussiya Dortmund”), Emiliano Martines (Argentina, "Aston Villa"/"Chelsi"), Eduar Mendi (Senegal, "Al Ahli"), David Rayya (Ispaniya, "Arsenal", London), Unai Simon (Ispaniya, "Atletik Bilbao”), Vozinya (Kabo-Verde, "Shavesh"/"Kolo-Kolo").

10.jpg

Hisob bo'yicha 70-marotaba o'tkaziladigan taqdirlash marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo'lib o'tadi. O'tgan yili Janluiji Donnarumma eng yaxshi darvozabon deb topilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif