FIFA: Portugaliya – Kolumbiya uchrashuvi chiptalari uchun 20 milliondan ortiq so'rov kelib tushdi

28 iyun 2026, 17:15
JCH–2026 guruh bosqichidagi Portugaliya va Kolumbiya o'rtasidagi bahs turnirning eng katta qiziqish uyg'otgan o'yinlaridan biri bo'ldi.

"The Athletic" nashrining FIFAdagi manbalariga tayanib xabar berishicha, mazkur uchrashuv uchun 20 milliondan ortiq chipta so'rovi kelib tushgan. Mayami shahrida o'tkazilgan bahs 0:0 hisobida yakunlangan.

O'yin arafasida chiptalar narxi 3000 dollardan oshib ketgan va o'yin kuniga qadar yuqori darajada saqlanib qolgan. Ayrim chiptalar esa besh xonali summaga sotilgan.

Taqqoslash uchun, joriy yilgi Superboul finali chiptasining o'rtacha narxi 2000 dollardan sal ko'proqni tashkil etgan.

Uchrashuvni tribunalardan 64 478 nafar muxlis kuzatdi. Mehmonlar orasida Gloriya va Emilio Estefan, "Golden Steyt Uorriorz" basketbolchisi Jimmi Batler, AQSH davlat kotibi Marko Rubio hamda FBR direktori Kesh Patel ham bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Athletic