Xavi: "Messi JCHda hayratlanarli daraja ko'rsatdi, ammo "Oltin to'p"ni Ispaniya terma jamoasi futbolchisi olishi kerak"

Sherzod Nurmatov
24 sen 2026, 16:35
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xavi 2026 yilgi "Oltin to'p" sovrini kimga berilishi kerakligi haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.

“Leo Messi Jahon chempionatida hayratlanarli daraja ko'rsatdi. 39 yoshida u o'tkazgan musobaqa shunchaki ajoyib, dahshatli bo'ldi... lekin Ispaniya - jahon chempioni. "Oltin to'p"ni Ispaniya terma jamoasi o'yinchisi qo'lga kiritishi kerak.

Lamin Yamal - o'zgacha futbolchi, bunga hech qanday shubha yo'q. U faoliyati davomida hech bo'lmaganda bir marta "Oltin to'p"ni yutadi. U hozirning o'zidayoq ushbu sovrinni qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'ladigan ajoyib yilni o'tkazdi", – dedi Xavi matbuot anjumanida.

1.jpg

"Oltin to'p"ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo'lib o'tadi. Ushbu mukofotga da'vogar 30 nafar futbolchi ro'yxatiga 39 yoshli Messi va 19 yoshli Yamal ham kiritilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports