"Mundial bizdan qarzdor! Asosiy aybdorlar - FIFA va mezbon AQSH. Hozirgi zamon barchasini aytib berishga imkon bermaydi" - Eron Futbol Federatsiyasi vice-prezidenti

Абдулвосит Бектемиров
24 sen 2026, 15:25
Eron futbol federatsiyasi vice-prezidenti Mehdi Mohammadnabi saytimiz jurnalisti Abdulvosit Bektemirov bilan suhbatlashdi. Mohammadnabi intervyu davomida Eron terma jamoasining JCH tashkilotchilarini ayovsiz tanqid qildi va O'FA bilan bo'lgan o'zaro munosabatlar haqida gapirdi.

- Janob Mohammadnabi, Eron terma jamoasi uchun mundial ko'proq muammoli voqeiyliklar bilan yodda qoldi. Jahon chempionatidagi o'sha adolatsiz voqeiyliklar haqida yana nima deyishimiz mumkin? OFK vakili sifatida bu Eron terma jamoasiga nisbatan katta hurmatsizlik bo'ldi... Sizningcha, Jahon chempionatidagi bu holat qanchalik adolatsiz? Eron hukumati terma jamoaning AQSHda o'tgan mundialdagi ishtirokidan qoniqdimi?

- Bilaman, Jahon chempionati atrofida ko'plab mavzular bor, inshaAlloh, kelajakda tarix buni o'zi xolis baholaydi. Eron, O'zbekiston, Janubiy Koreya, Yaponiya - ularning barchasi Jahon chempionatidagi Osiyo jamoalari edi. Ammo bu turnirda ushbu jamoalarning har biri o'ziga xos turlicha ssenariy bo'yicha ishtirok etdi.

Masalan, Eron terma jamoasi uchun dastlab rejalashtirilgan yig'ini boshqa joyda o'tishi kerak edi. Kaliforniyaning Irvayn shahridagi baza bizning asosiy ustuvor tanlovimiz edi, ammo AQSH terma jamoasi uni o'ziga olib qo'ydi. Biz boshqa variantni tanlashga va yig'inni Arizonaga o'zgartirishga majbur bo'ldik. Eron terma jamoasi AQSHga, Arizonadagi yig'inga yetib borishiga bor-yo'g'i ikki hafta qolganida, to'satdan, bizning xabarimizsiz, bazamizni Meksikaning Tixuana shahriga o'zgartirishdi.

O'zingiz xulosa qilishingiz mumkin: jamoaning administrativ koordinaciyasi, texnik koordinaciyasi va xayolingizga kelishi mumkin bo'lgan barcha boshqa masalalar - yig'in uchun zarur bo'lgan eng kichik detallardan tortib, AQSH stadionlaridagi o'yinlarda ishtirok etishgacha - bularning barchasi butunlay qoidalar buzilgan holda amalga oshirildi. Qanday bo'lmasin, FIFA va turnir mezboni - AQSHning bevosita ko'rsatmasi bilan biz ushbu turnirda qatnashishga majbur bo'ldik. Biz barcha qiyinchiliklarga rozi bo'ldik. Lekin agar biz uchun bu noqulay sharoitlar yuzaga kelmaganida edi, biz albatta Jahon chempionatining keyingi bosqichlariga chiqqan bo'lardik.

Biz uzoqroqqa bora olmaganimiz uchun Jahon chempionati bizdan qarzdor bo'lib qoldi! Biz Jahon chempionatidan qarzdor emasmiz, ular bizdan qarzdor! Chunki aynan ular keyingi bosqichlarga chiqa olmasligimizga sababchi bo'lishdi. Asosiy aybdorlar FIFA va mezbon mamlakat sifatida AQSH bo'ldi.

Cheklovlar qanday bo'lganini mendan yaxshiroq bilasiz: vizalar berishdagi kechikishlar, reyslardagi kechiktirilish. O'yindan so'ng darhol jamoa ortga Meksikaga qaytishga majbur bo'ldi. Jamoa bu noqulayliklar va bojxona tartiblaridan va tekshiruvlaridan ko'p marta o'tdi. Pasport nazorati bo'limiga bir necha bor murojaat qilishga to'g'ri keldi. Bularning barchasi biz uchun ulkan muammolarni yuzaga keltirdi. Shuning uchun, ular bizdan qarzdor - Jahon chempionatidagi yuqori instanciyalari bizdan qarzdor va ular o'z vijdonlariga murojaat qilishlari kerak.

mahdi mohammadnabi3.jpg

Hozirgi zamon barchasini aytib berishga imkon bermaydi, ammo bu hisobot Eron Futbol Federatsiyasida mavjud, biz bu masalani ro'yxatdan o'tkazganmiz. Bunday kelishmovchilik, adolatsizlik, cheklovlar. Bu shunchaki xunuk holat. Umuman olganda, futbol va sport cheklovlarni olib tashlash, jamiyatga quvonch ulashish, sportchilarning salomatligi uchun mavjud. Afsuski, bu Jahon chempionatida bizda bunday bo'lmadi, o'zgartirib bo'lmaydigan adolatsizlikdan futbolchilarimizning ruhiyati jabr ko'rdi. Bu futbolchilarimizning ruhiyati sinishiga olib keldi.

Milliy terma jamoa bosh murabbiyi va futbolchilar barcha qiyinchiliklarga qaramasdan, ular bor kuchlarini ishga solishdi. Umid qilamizki, kelajakda Jahon chempionatlarida boshqa bunday holatlarga guvoh bo'lmaymiz. Hech qaysi milliy terma jamoa uchun.

- O'zbekiston va Eron so'nggi yillarda juda ko'p marotaba to'qnash keldi. Maydonda bu juda principial raqiblar, ammo ikki mamlakat futbol federatsiyasi o'rtasidagi munosabatlar qanday? Maydon tashqaridagi munosabatlar haqida gapirib o'tsangiz. O'FA bilan aloqalaringiz haqida gapirsangiz...

- O'zbekiston Futbol Federatsiyasi bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Darvoqe, bugungi tashkiliy qo'mita yig'ilishida men O'zbekiston Federatsiyasi vakillariga bir taklif kiritdim. Biz CAFA turniri biz uchun yomon emasligini, bu do'stlik va hamkorlikda yordam berishi mumkinligini aytdim. Lekin biz O'zbekiston va Eron milliy terma jamoalarining texnik darajasini chinakamiga ko'taradigan kattaroq xalqaro turnir tashkil qilsak, ancha yaxshi bo'lar edi. Men shu taklifni aytdim.

mahdi mohammadnabi2.jpg

O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif