

Fabio Kannavaro:
- Xayrli kech barchaga. Bu biz uchun ilk Jahon chempionati hisoblanadi. Ertaga barcha muxlislarimiz bizni tomosha qiladi, barcha futbolchilarimiz errtangi o'yinga tayyor.
- Husanov albatta muhim himoyachilarimizdan bittasi, u hali yanada yuqori darajaga chiqish imkoniyati bor. U ayni paytda ham yuqori darajada o'yinlar ko'rsatib kelmoqda.
O'ylaymanki, bu yerda eng yaxshi fazilatlarimizni, o'zbeklarning mentalitetini namoyish qilishga kelganmiz. Men jamoa bilan ishlaganimda o'z tajribamni ulashishga harkat qildim. Chunki men ham qachonlardir ilk bor Jahon chempionatida debyut qilganman va o'z tajribalarimni etkazib boryapman.
Kolumbiya va Portugaliya kabi jamoalar yuqori darajadagi o'yin namoyish etishadi. Ularning tarkibida kuchli futbolchilar bor. Ularga qarshi o'yinda extiyotkorlik bilan o'ynaymiz. Biroq Kolumbiyada nafaqat Xames, balki ko'plab yaxshi darajdagi futbolchilari bor.
Kolumbiyani tahlil qildik, oxiriga qadar o'ynaydi. Biz ham o'z imkoniyatimizni namoyish etib, maydonga tushamiz.

Eldor Shomurodov:
- Hammani kayfiyati a'lo darajada, ilk bor Jahon chempionatida qatnashyapmiz. Hayajon bor, lekin hech qanday bosim yo'q. Barcha futbolchilarimiz ushbu o'yinni intiqlik bilan kutyapti.
Fabio Kannavaro:
- Biz ushbu stadionga avval ham kelganman, bu yerda Maradonna eng yorqin gollarini kiritgan. Biz ham ushbu tarixiy stadionda ilk o'yinimizni o'tkazayotganimizdan xursandmiz.
Eldor Shomurodov:
- Albatta uzoq kutilgan Jahon chempionati terma jamoa sardori sifatida qatnashish - men uchun katta g'urur. Ertaga ijobiy natija qayd etishimizga umid qilaman. Xalqimizdan esa bizni qo'llab-quvvatlashini so'rab qolaman. Bizda bosim yo'q, ertaga biz jamoamiz bilan birgalikda to'liq tayyor bo'lamiz.

Fabio Kannavaro:
- Mening fikrimcha, siz nimagadir yetishmoqchi bo'lsangiz, qiyinchilikdan o'tishingiz kerak, barchaga buni isbotlashingiz kerak. Mashg'ulotlarda qiyinchiliklar bo'lishi bu tabiiy holat.
- Mening fikrimcha, siz nimagadir yetishmoqchi bo'lsangiz, qiyinchilikdan o'tishingiz kerak, barchaga buni isbotlashingiz kerak. Mashg'ulotlarda qiyinchiliklar bo'lishi bu tabiiy holat.
- Men futbolchi sifatida Jahon chempionatida ishtirok etganman, biroq murabbiy sifatida ishtirok etish baribir boshqacha. Futbolchi sifatida va murabbiy sifatida tayyorgarlik boshqa boshqa narsa. Chunki siz barcha futbolchilaringiz bilan gaplashishingiz kerak.
Bizni juda ham qiziq va shiddatli o'yinlar kutib turibdi. Raqiblarimiz ham yuqori darajadagi jamoalar. Biz ilk bor bu musobaqada ishtirok etyapmiz, ushbu musobaqaning har bir uchrashuvidan zavqlanishimiz va tajriba olishimiz kerak.




