

"Leo uchun so'z topish qiyin. Men yana nima ham deya olardim? U aql bovar qilmas darajada kuchli. U buni oxirgi 20 yildan beri takrorlab kelmoqda. Butun futbol olami uni tomosha qilishni istaydi va uning o'yinidan zavq oladi.
Ilk uchrashuv doim qiyin kechadi. Avvalgi jahon chempionati startida biz qoqilgan edik (Saudiya Arabistonidan mag'lubiyat 1:2 - tahr.), shu sababli bugun turnirni g'alaba bilan boshlash biz uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega edi.
Biz qiyinchilikka chidash kerakligini bilardik. Raqib shakllangan, yaxshi o'ynaydigan jamoa ekanligini tushunib turgandik. Yigitlar ulkan hajmdagi ishni bajarishdi, bu juda murakkab o'yin bo'ldi.
Oxirgi soniyalargacha har bir to'p uchun kurashish - bu bizning uslubimiz. Men aynan mana shu jihatni alohida ko'rsatib o'tgan bo'lardim", - deya Skalonining so'zlarini keltiradi Argentina terma jamoasi matbuot xizmati.



