

Bugun mazkur bahs oldidan FIFA vakillari hamda jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda o'yinga oid bir qator masalalar yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib o'tildi.
Mazkur bahsda futbolchilarimiz to'liq oq, darvozabonimiz esa to'q sariq libosda harakat qilishi ma'lum bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan 18 iyun kuni “Acteka” stadionida soat 07:00 da start oladi.




