

Ushbu bahsda u xet-trik qayd etib, Miroslav Klozening rekordini takrorlagan holda, jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi.
"Dastlabki goldan keyin yig'lab yuborganim rost… ammo bu futbolga umuman aloqasi bo'lmagan narsa edi.
Men og'ir kunlarni boshdan kechirdim, lekin butun delegaciyamizdan va jamoadoshlarimdan minnatdorman. Chunki ular doimo yonimda bo'lishdi va menga kuch bag'ishlashdi", - dedi Messi.
38 yoshli forvard uchrashuvning 17-daqiqasida Rodrigo de Paul uzatmasidan so'ng, shuningdek, 60 va 76-daqiqalarda (Nikolas Gonsales assistentligida) raqib darvozasini ishg'ol etdi.
Shu tariqa, Messi jahon chempionatlarida urilgan gollar soni bo'yicha Germaniya milliy terma jamoasi sobiq hujumchisi Miroslav Klozega yetib oldi - endilikda futbolchi hisobida 16 ta gol mavjud. Bu dunyo birinchiliklari doirasida gol urish bo'yicha tarixiy rekordning takrorlanishidir.



