

"Xayrli kech barchaga. Bu biz uchun ilk Jahon chempionati hisoblanadi. Ertaga barcha muxlislarimiz bizni tomosha qiladi, barcha futbolchilarimiz errtangi o'yinga tayyor.
- Husanov albatta muhim himoyachilarimizdan bittasi, u hali yanada yuqori darajaga chiqish imkoniyati bor. U ayni paytda ham yuqori darajada o'yinlar ko'rsatib kelmoqda.
O'ylaymanki, bu yerda eng yaxshi fazilatlarimizni, o'zbeklarning mentalitetini namoyish qilishga kelganmiz. Men jamoa bilan ishlaganimda o'z tajribamni ulashishga harkat qildim. Chunki men ham qachonlardir ilk bor Jahon chempionatida debyut qilganman va o'z tajribalarimni etkazib boryapman.
Kolumbiya va Portugaliya kabi jamoalar yuqori darajadagi o'yin namoyish etishadi. Ularning tarkibida kuchli futbolchilar bor. Ularga qarshi o'yinda extiyotkorlik bilan o'ynaymiz. Biroq Kolumbiyada nafaqat Xames, balki ko'plab yaxshi darajdagi futbolchilari bor.
Kolumbiyani tahlil qildik, oxiriga qadar o'ynaydi. Biz ham o'z imkoniyatimizni namoyish etib, maydonga tushamiz".



