

Unda jamoamiz sardori Eldor Shomurodov ham o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Hammani kayfiyati a'lo darajada, ilk bor Jahon chempionatida qatnashyapmiz. Hayajon bor, lekin hech qanday bosim yo'q. Barcha futbolchilarimiz ushbu o'yinni intiqlik bilan kutyapti.
- Albatta uzoq kutilgan Jahon chempionati terma jamoa sardori sifatida qatnashish - men uchun katta g'urur. Ertaga ijobiy natija qayd etishimizga umid qilaman. Xalqimizdan esa bizni qo'llab-quvvatlashini so'rab qolaman. Bizda bosim yo'q, ertaga biz jamoamiz bilan birgalikda to'liq tayyor bo'lamiz."




