Jazoir terma jamoasi murabbiyi mag'lubiyatdan so'ng Messining buyukligini tan oldi, ammo uni maydondan chetlatish kerak bo'lganiga shama qildi

17 iyun 2026, 10:05
Jazoir milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vladimir Petkovich JCH-2026 startida Argentinadan qabul qilib olingan mag'lubiyatga (0:3) izoh berdi va o'z navbatida 38 yoshida xet-trik qayd etgan Lionel Messining iqtidori haqida alohida to'xtaldi.

Shuningdek, Petkovich hakamlar birinchi bo'limdagi qo'pol foli uchun Messini maydondan chetlatishlari kerak bo'lganiga shama qilib o'tdi.

"Uning darajasi - tengsiz. Biz qandaydir qari futbolchi haqida gapirayotganimiz yo'q. Biz sakkiz bor "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan futbolchi haqida gapiryapmiz. Bugun biz uning gol urishini osonlashtirib berdik. U hamma narsani engillik bilan bajarishni biladi. Butun Argentina terma jamoasi ko'p yillardan beri uning boschiligida to'p surmoqda. U aql bovar qilmas ishlarni amalga oshiradi. Argentina raqib darvozasiga o'nta zarba yo'llagan bo'lsa, shundan ettitasi Messi tomonidan amalga oshirildi. Yakunda ular bu uchrashuvda g'alaba qozonishga loyiq edilar.

Uni maydondan chetlatish kerakmidi? Ayni damda taxminiy vaziyatlarga izoh berishdan mano yo'q. Ammo buni hamma, jumladan men ham ko'rdim. O'yindan keyin videoyozuvni tomosha qildim, biroq bu haqda ko'p gapirishni istamayman.

Biz o'zimizdan kuchliroq bo'lgan jamoaga qarshi to'qnash keldik. Agar bugun qandaydir ochko olib ketganimizda, bu katta kutilmagan sovg'a bo'lardi. Qalgan ikkita jamoa ham hali Argentinaga qarshi o'ynashi kerak. Shunday ekan, taqdirimiz hali ham o'z qo'limizda.

Birinchi golda Zidanning xatosi? Men qaysidir futbolchini ayblashga moyil emasman. Lekin o'ylaymanki, biz haddan tashqari ko'p xatolarga yo'l qo'ydik va Argentinaga to'siqsiz zarba berish imkoniyatini yaratib berdik", - dedi Petkovich.

O'xshash yangiliklar


Manba: Globo