Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Ko'pchilik O'zbekistonni oson raqib deb o'ylashi mumkin, ammo bu katta xato"

17 iyun 2026, 10:36
Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Nestor Lorenso O'zbekistonga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'zbekiston haqida...

Bizning guruhdagi ilk raqibimiz - O'zbekiston terma jamoasi. Ko'pchilik ularni oson raqib deb o'ylashi mumkin, ammo bu katta xato. O'zbekiston so'nggi yillarda juda katta o'sishga erishdi, ular Osiyoda kuchli tartib va jismoniy tayyorgarlik evaziga ajralib turishadi. Bunday turnirlarda debyut o'yinlari doim og'ir o'tadi. Biz raqibni maksimal darajada hurmat qilamiz va maydonga faqat 3 ochko uchun tushamiz. Ilk o'yindagi g'alaba keyingi bosqich yo'llanmasi uchun poydevor vazifasini o'taydi

Tayyorgarlik va jamoadagi muhit haqida

"Biz ushbu turnirga uzoq va tinimsiz mehnat evaziga yetib keldik. Hozir jamoada ajoyib ichki muhit shakllangan. Tajribali futbolchilar va yosh iqtidorlar o'rtasidagi balansni topa olganimizdan xursandman. Jahon chempionati - bu mutlaqo boshqa darajadagi musobaqa. Bu yerda siz uzoq muddatli rejalar haqida emas, faqat va faqat navbatdagi uchrashuv haqida o'ylashingiz kerak. Mexikodagi iqlim va sharoitlarga moslashish jarayoni ko'ngildagidek o'tdi, yigitlar jismoniy va ruhiy jihatdan bahsga tayyor".

Xames Rodrigesning holati haqida:

"Xamesning holati yaxshi, u jismoniy jihatdan o'sib bormoqda. Uning iqtidori va maydonni ko'ra olish qobiliyati shuni anglatadiki, u boshqalar kabi ko'p yugurmagan taqdirda ham, o'yinga aniqlik kiritadi va eng muhim pallalarda vaziyatni hal qila oladi".

Bo'lajak raqiblar va taktika haqida

"Hozirgi futbolda nomlar hech qanday ahamiyatga ega emas. Biz har bir raqibni, ularning o'yin uslubini sinchiklab o'rganib chiqyapmiz. Turnirning dastlabki o'yinlari shuni ko'rsatdiki, har qanday jamoa kutilmagan sovg'a taqdim etishi mumkin. Biz taktik jihatdan moslashuvchan bo'lishimiz shart. Maydonda to'p nazoratini qo'lga olish va himoyadan hujumga tezkor o'tish - bizning asosiy qurolimiz bo'lib qoladi. Biz o'z o'yinimizni raqibga singdira olishimiz kerak".

O'xshash yangiliklar


Manba: www.elcolombiano.com