

“Biz ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etmoqdamiz.
Biz har bir kunimizni ushbu on uchun, tariximizdagi ilk Jahon chempionati o'yini uchun tayyorgarlik bilan o'tkazdik. Biz tinim bilmay, bor kuchimiz bilan mehnat qildik, chunki O'zbekiston va uning ajoyib xalqi faxrlanishini istaymiz.
Biz barchamiz birgalikda orzu qilishni istaymiz, chunki Jahon chempionati sehri ila ko'plab go'zal voqealar ro'y berishi mumkinligini bilamiz. Biz ishonishimiz, diqqatimizni aslo yo'qotmasligimiz va bor imkoniyatimizni ishga solishimiz kerak. Ertaga, Mexiko shahrida Kolumbiyaga qarshi o'yin birinchi qadam bo'ladi: keling, undan zavq olaylik.
Biz tayyormiz. Biz faxrlanamiz. Biz O'zbekistonmiz” - deyiladi Instagramga yuklangan surat ostida.



