

20 yoshli hujumchi madridliklar klubida qoladi va asosiy tarkibdagi o'rin uchun kurashadi. Bunday qarorni futbolchining o'zi, "Real" rahbariyati va bosh murabbiy Joze Mourinyu birgalikda qabul qildi. Braziliyalik futbolchiga bir nechta yevropalik klublar, jumladan, "Aston Villa" va "Roma" qiziqish bildirgan edi. Eslatib o'tamiz, Endrik o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Lion"da ijara asosida o'tkazib, 21 ta o'yinda 8 ta gol urgan edi.



