Endrik "Real"dan boshqa top klubga o'tishi mumkin

13 iyun 2026, 21:54
Hujumchi Endrik yozda "Real"ni tark etishi mumkin.

Hujumchini sotib olishga "Inter" qiziqish bildirmoqda. Braziliyalikning transferini shaxsan Milan klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu rasmiylashtirmoqchi.

"Inter" Endrikni majburiy sotib olish huquqi bilan 35-40 million evroga ijaraga olish niyatida. "Real" o'z futbolchisini 40-45 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: TuttoMercatoWeb